Logo

Skandinaviya mamlakatlari jurnalistlari va blogerlari uchun O'zbekiston bo'ylab press-tur tashkil etildi

Oktabr 21, 2025. 19:24 • 46 soniya

61
Skandinaviya mamlakatlari jurnalistlari va blogerlari uchun O'zbekiston bo'ylab press-tur tashkil etildi

STOKGOLM, 22-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi (qarorgohi Stokgolm shahrida joylashgan) tashabbusi bilan Shvetsiya va Norvegiyaning yetakchi jurnalist va blogerlari uchun O'zbekiston bo'ylab press-tur tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston Turizm qo'mitasi ko'magida tashkil etilgan press-tur yurtimiz sayyohlik brendini Skandinaviya mamlakatlarida keng targ'ib qilish maqsadida uyushtirildi.

12-19-oktyabr kunlari O'zbekistonning Shvetsiyadagi turizm elchilari Piter va Xelena Bergstryom boshchiligidagi skandinaviyalik ommaviy axborot vositalari xodimlari Toshkent, Jizzax va Samarqandda bo'lib, qadimiy obidalar, boy madaniy meros, etno va ekoturizm obyektlari, zamonaviy infratuzilma bilan tanishdilar

Mazkur loyiha O'zbekiston elchixonasi va Turizm qo'mitasi o'rtasida so'nggi yillarda amalga oshirilayotgan ikkinchisi hisoblanadi. Birinchi press-tur 2024-yilning aprel oyida tashkil etilgan.

Ta'kidlash joizki, yetakchi xorijiy jurnalist va blogerlar ishtirokidagi press-turlar O'zbekistonning sayyohlik brendini Skandinaviya mamlakatlarida samarali targ'ib qilishga xizmat qilayapti. O'tgan yili Shvetsiya, Daniya va Norvegiyadan O'zbekistonga kelayotgan sayyohlar soni salkam 40 foizga oshdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish