Pekinda bo'lib o'tgan xalqaro festivalda O'zbekiston madaniyati va turizmi salohiyati taqdimot qilindi
Oktabr 23, 2025. 12:00 • 35 soniya
• 88
PEKIN, 23-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Pekin universitetida tashkil etilgan xalqaro madaniy festival doirasida O'zbekiston madaniyati va turizm salohiyati taqdimoti o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda ushbu universitetda taxsil olayotgan 50ga yaqin xorijiy mamlakatlar talabalari, elchixonalar raxbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar o'z milliy liboslari, raqs va qo'shiqlari, xunarmandchilik mahsulotlarini namoyish qilishdi.
O'zbekiston taqdimoti ushbu universitetda o'qiyotgan vatandoshlar va mamlakatimiz elchixonasi xodimlari tomonidan o'tkazildi. Unda O'zbekistonning boy tarixi, go'zal madaniyati, urf-odatlari va an'analari, qadimiy shaxarlarimiz aks etgan kitob va jurnallar, broshyuralar va fotolavhalar namoyish etildi.
Ishtirokchilar va mehmonlarga milliy taomlar va o'zbek nonlari ulashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi
Goada O‘zbekiston turistik salohiyati va milliy modasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi