Logo

O'zbekiston Turizm qo'mitasi raisi va "BMT Turizm" tuzilmasi yangi bosh kotibi qo'shma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar

Avgust 30, 2025. 18:34 • 2 daq

58
O'zbekiston Turizm qo'mitasi raisi va "BMT Turizm" tuzilmasi yangi bosh kotibi qo'shma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar

TOSHKENT, 2-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Turizm qo'mitasi raisi Umid Shadiyev Madrid shahrida bo'lib o'tgan tashkilotning Ijroiya kengashi 123-sessiyasida "BMT Turizm" tuzilmasi bosh kotibi lavozimiga saylangan Shayxa Al Novays bilan onlayn muzokaralar o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.


"Uzbektourism.uz" portali ma'lumotiga ko'ra, uning nomzodi noyabr oyida Ar-Riyod shahrida (Saudiya Arabistoni) bo'lib o'tadigan Bosh Assambleyaning 26-sessiyasida rasman tasdiqlanadi va shundan so'ng u mazkur lavozimni egallagan ilk ayol bo'ladi.


Uchrashuv davomida Umid Shadiyev suhbatdoshini tarixiy saylanishi bilan qutladi va u bilan O'zbekistonning turistik salohiyatini xalqaro maydonda ilgari surish hamda hamkorlikni mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildi.


O'zbekiston bugungi kunda mintaqaning eng tez sur'atlar bilan rivojlanayotgan sayyohlik yo'nalishlaridan biriga aylanib borayotgani ta'kidlandi. Mamlakat Buyuk ipak yo'lining qadimiy yodgorliklari, boy madaniy an'analar, unutilmas gastronomik taassurotlar va zamonaviy xizmat ko'rsatish darajasining noyob uyg'unligini taqdim etmoqda.


O'zbekiston sayyohlar uchun xavfsizlik reytinglarida yetakchi o'rinlarni egallab, mehmonlar va sarmoyadorlar uchun eng qulay sharoitlar yaratish bo'yicha faol ishlarini davom ettirmoqda.


Muzokaralar yakunida tomonlar malakali kadrlar tayyorlash, turizm sohasida ish o'rinlarini yaratish va barqaror turizmni rivojlantirishga qaratilgan qo'shma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyorliklarini bildirdilar.


BAAda tug'ilgan 38 yoshli Shayxa Al Novays ketma-ket ikki to'rt yillik muddatdan keyin yanvar oyida gruziyalik siyosatchi Zurab Pololikashvilini almashtiradi. U Ijroiya kengashi sessiyasida uchta raqibi ustidan ishonchli g'alabaga erishdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish