Buyuk Britaniyaning eng qadimiy sayyohlik brendi O'zbekiston turizm imkoniyatlarini targ'ib etishga ko'maklashadi
Mart 29, 2024. 15:15 • 57 soniya
• 216
LONDON, 29-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Buyuk Britaniyaning "Cox&Kings" sayyohlik kompaniyasi ijrochi direktori Jorj Kolvin bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

1758-yilda tashkil etilgan "Cox&Kings" kompaniyasi Buyuk Britaniyadagi eng qadimiy sayyohlik brendi hisoblanadi. Kompaniya, shuningdek, britaniyalik sayyohlar uchun xorijiy turlarni tashkil etishda ham yetakchi sanaladi.
Muloqot davomida Britaniyadan O'zbekistonga turistlar oqimini oshirish, mamlakatimiz sayyohlik imkoniyatlari va yangi yo'nalishlarini hamkorlikda Britaniya keng ommasi o'rtasida targ'ib etish masalalari muhokama qilindi.
Jorj Kolvin Ipak yo'li chorrahasida joylashgan va turli madaniyatlarni birlashtirgan O'zbekiston zamini Buxoro, Samarqand, Toshkent va Xiva singari qadimiy shaharlari hamda dunyoga mashhur tarixiy obidalari bilan britaniyalik sayyohlarni faol jalb etayotganini ta'kidlab o'tdi.
"So'nggi yillarda O'zbekistonning rivojlangan sayyohlik infratuzilmasi va ochilayotgan yangi yo'nalishlar sayyohlar uchun mavsum davrini kengaytirishga, ularning mamlakatda bo'lish vaqtini uzaytirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, mazkur o'zgarishlar O'zbekistonga yilning istalgan davrida sayohat qilish imkonini bermoqda", dedi u.
Muzokaralar natijasida tomonlar joriy yilda 2500 nafar britaniyalik sayyohlarni mamlakatimizga yuborish va O'zbekiston sayyohlik jozibadorligini Buyuk Britaniyada keng targ'ib qilish maqsadida yetakchi ommaviy axborot vositalarida mavzuga oid maqolalarni joylashtirish to'g'risida kelishib oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi