Logo

Saudiyalik bloger O'zbekiston sayyohlik salohiyatini targ'ib qiladi

May 24, 2024. 09:02 • 51 soniya

205
Saudiyalik bloger O'zbekiston sayyohlik salohiyatini targ'ib qiladi

AR-RIYOZ, 24-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Nodirjon Turgunov Saudiyaning "Saudi Travel Market" kompaniyasi vakili va taniqli bloger Siham Ol Mas'ud bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 Unda O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasida turizm yo'nalishida hamkorlik aloqalarini jadallashtirish, O'zbekistonga kelayotgan sayyohlar sonini oshirish, ikki davlatda mazkur yo'nalishda o'tkaziladigan yirik tadbirlarda soha vakillarining ishtirokini ta'minlash masalalari muhokama qilindi.


Siham Ol Mas'ud O'zbekiston dunyodagi asosiy turizm maskanlaridan biri ekanini e'tirof etish barobarida, Saudiya turkompaniyalari o'zbek tomoni bilan hamkorlik o'rnatishga tayyorligini bildirdi. U, shuningdek, blogerlik faoliyati bilan shug'ullanishini ham aytib o'tdi va "Instagram" sahifasida 100 ming, "Snapchat" ijtimoiy tarmog'ida 22 ming hamda "Google map"da 4 millionga yaqin obunachisi borligini ma'lum qildi.


"Ularda asosan saudiyalik sayyohlar tashrif buyurayotgan mamlakatning tarixi, madaniyati, milliy taomlari, bozorlari va mehmonxonalar haqidagi muhim ma'lumotlar e'lon qilib boriladi", dedi u.

Uchrashuv yakunida "Saudi Travel Market" kompaniyasi vakilining O'zbekistonga safarini tashkil etish va mamlakatimiz sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan tadbirlarni birgalikda tashkil etish to'g'risida kelishib olindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish