Logo

Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi Turkiyaning gastronomik turizmga ixtisoslashgan ko'chalarni rivojlantirish bo'yicha tajribasini o'rgandi

Oktabr 16, 2025. 09:23 • 40 soniya

41
Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi Turkiyaning  gastronomik turizmga ixtisoslashgan ko'chalarni rivojlantirish bo'yicha tajribasini o'rgandi

ISTANBUL, 16-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi ko'magida 6-10 oktyabr kunlari Toshkent shahar hokimi o'rinbosari Sanjar Tajiyev boshchiligidagi delegatsiyaning Istanbul shahriga amaliy safari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif doirasida delegatsiya a'zolari Istanbul shahar hokimliginingg Turizm va Tashqi aloqalar departamentlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o'tkazdi. Muzokaralar chog'ida turk tomoni bilan Istanbulning gastronomik turizmga ixtisoslashgan, 7/24 tartibda faoliyat yurituvchi ko'chalari va turistik obyektlarga mahalliy boshqaruv organlari tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozlar, shuningdek, ularni rivojlantirish strategiyasi yuzasidan fikr almashildi.

Safar davomida, shuningdek, jamoat tartibini saqlash va xavfsizlik choralarini ta'minlash bo'yicha ham Istanbul shahar hokimiyati vakillari bilan muzokaralar o'tkazildi. 

O'zbekiston vakillari tashrif davomida Istanbul shahridagi gastronomik turizmga ixtisoslashgan ko'chalar va boshqa diqqatga sazovor joylar bilan tanishdi.

 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish