Logo

O'zbekiston turizm salohiyati Singapurda taqdim etildi

Oktabr 17, 2025. 18:03 • 40 soniya

60
O'zbekiston turizm salohiyati Singapurda taqdim etildi

SINGAPUR, 17 oktyabr. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 15-17 oktyabr kunlari Singapurda "ITB Asia 2025" xalqaro turizm ko'rgazmasi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ushbu tadbir Osiyo mintaqasidagi eng nufuzli va yirik B2B formatidagi turizm ko'rgazmasi bo'lib, unda dunyo bo'ylab yirik turoperatorlar, agentliklar, mehmonxona tarmoqlari, aviakompaniyalar hamda MICE sohasi vakillari ishtirok etadi.

Shuningdek, ushbu ko'rgazma xalqaro turizm bozoridagi yangi tendensiyalar, sheriklik aloqalari va investitsiyaviy imkoniyatlarni muhokama qilish maydoni sifatida ham muhim ahamiyatga ega.

O'zbekistonning "Caravan Travel" kompaniyasi mazkur tadbirda mamlakatimizning boy madaniy va tarixiy merosi, ziyorat va ekoturizm salohiyati, zamonaviy mehmonxona infratuzilmasi hamda yangi turistik mahsulotlarini taqdim etdi.

Kompaniya taqdimoti ko'rgazma ishtirokchilari va mehmonlarining yuqori qiziqishiga sabab bo'ldi. Ko'plab singapurliklar O'zbekistonning diqqatga sazovor joylarini ko'rish uchun yurtimizga sayohat qilish istaklarini bildirdi.

 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish