O'zbekiston turizmi tarixiy rekordlarni yangilamoqda – mamlakat har oyda 1 milliondan ortiq xorijiy sayyohlarni qabul qilmoqda
Oktabr 15, 2025. 17:07 • 59 soniya
• 67
TOSHKENT, 15-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakat tarixida birinchi marta xorijiy sayyohlar soni rekord ko'rsatkichlarni namoyish etmoqda – 2025 yil aprel oyidan boshlab O'zbekiston har oyda 1 milliondan ortiq xorijiy turistlarni qabul qilmoqda, deb xabar beryapti "Dunyo" AA muxbiri.

Turizm qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, uu tariqa, joriy yilning to'qqiz oyida O'zbekistonga 8,6 milliondan ortiq xorijiy turist tashrif buyurdi, bu esa o'tgan yilning mos davriga nisbatan 112,5 foizga ko'pdir.
Ushbu ko'rsatkich davlatlar kesimida – 2025-yilda post-pandemik 2022-yilga nisbatan turistlar oqimining o'sishi Britaniyadan 2,6 baravar, Qatardan 6,2 baravar, AQSHdan 3 baravar, Fransiyadan 2,9 baravar, Rossiyadan 2,1 baravar, Vengriyadan 3,3 baravar, Germaniyadan 2,5 baravar, Polshadan 6,2 baravarga yetdi. Shuningdek, 2025-yilda turistik xizmatlar eksporti ham rekord darajaga — 3,6 milliard AQSH dollaridan oshdi.
Mahalliy turizm sohasidagi mislsiz yutuqlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida chuqur islohotlar va mamlakatning turistik salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan maqsadli sa'y-harakatlar natijasidir. Yetakchi jahon media platformalari bilan faol hamkorlik, xorijda keng ko'lamli roud-shoular, xalqaro ko'rgazmalarda ishtirok etish va chet el ommaviy axborot vositalarida chop etilgan maqolalar O'zbekiston brendini global miqyosda sezilarli darajada mustahkamladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi
Goada O‘zbekiston turistik salohiyati va milliy modasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi