Logo

Qozog'istonning Qizilo'rda shahrida "O'zbekiston – Buyuk ipak yo'lining durdonasi" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi

Oktabr 15, 2025. 12:38 • 53 soniya

46
Qozog'istonning Qizilo'rda shahrida "O'zbekiston – Buyuk ipak yo'lining durdonasi" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi

QIZILO'RDA, 18-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Qizilo'rdada O'zbekiston va Qozog'iston turizm sohasi vakillari ishtirokida "O'zbekiston – Buyuk Ipak yo'lining durdonasi" mavzusida davra suhbati o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir O'zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Qizilo'rda viloyati hokimligi va Qozog'iston Milliy tadbirkorlar palatasining "Atameken" viloyat bo'limi hamkorligida tashkil etildi.

Unda ikki mamlakatning turizm sohasidagi rasmiy tuzilmalari vakillari, mahalliy turoperatorlar, turli uyushmalar a'zolari, mehmonxona biznesi rahbarlari, shuningdek, mazkur hududda istiqomat qiluvchi o'zbek diasporasi vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbati doirasida O'zbekistonning turizm salohiyati taqdimoti o'tkazildi. Bosh konsul Raushanbek Matchanov tomonidan o'tkazilgan taqdimotda turizm nafaqat iqtisodiyot, balki xalqlar o'rtasidagi do'stlik ko'prigi ekanligini ta'kidlab, turizm sohasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash muhimligi qayd etildi.

Ishtirokchilar O'zbekiston turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar, yangi loyihalar va yo'nalishlar bilan batafsil tanishdilar.

Tadbir yakunida turizm sohasida qo'shma loyihalarni yo'lga qo'yish, shuningdek, Qizilo'rda viloyati turizm sohasi vakillari uchun O'zbekiston bo'ylab info-tur tashkil etish va o'zbekistonlik hunarmandlarning Qozog'istonga safarini amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish