O'zbekiston Yevropa poytaxtida "Eng yaxshi madaniy turizm manzili" deya e’tirof etildi
Oktabr 17, 2025. 06:52 • 41 soniya
• 127
BRYUSSЕL, 17 oktabr. /"Dunyo" AA/. "Global turizm forumi" tashkilotining 20-21 oktyabr kunlari Bryusselda bo'lib o'tadigan navbatdagi uchrashuvidan oldin "Turizm va mehmondo'stlik sohasida jahon muqofotlari–2025: Sayohat va mehmondo'stlikda global mukammallikni e’tirof etish" mavzusida tantatanli tadbir bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Shu kuni jahonning turizm va mehmondo'stlik sohasidagi yetakchi kompaniyalari 2025 yilgi "Jahon turizm mukofotlari" tantanali marosimida qatnashish uchun Bryussel shahridagi Belgiya san’at Muzeyida yig'ildi.
Unda butun dunyo bo'ylab sayohlik sohasini shakllantirayotgan muvaffaqiyatli manzillar, tashkilotlar, sohaga yangi innovatsiya g'oyalarini olib kirayotganlar taqdirlandi. Shuningdek, tadbir davomida barqarorlik, texnologiya, investitsiya va madaniy innovatsiyalar sohasidagi muhim yutuqlar namoyish qilindi.
Quvonarlisi, "Manzil sifatida mukammallik va Eng yaxshi sayohat manzillari" yo'nalishida O'zbekiston "Eng yaxshi madaniy turizm manzili" deb e’tirof etildi va taqdirlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi
Goada O‘zbekiston turistik salohiyati va milliy modasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi