Logo

Zagrebda "O'zbekiston – Ipak yo'li durdonasi" shiori ostida turizm-forumi bo'lib o'tdi

Oktabr 13, 2025. 11:11 • 49 soniya

49
Zagrebda "O'zbekiston – Ipak yo'li durdonasi" shiori ostida turizm-forumi bo'lib o'tdi

ZAGREB, 17-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi va Turizm qo'mitasi tashabbusi bilan Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida "O'zbekiston – Ipak yo'li durdonasi" shiori ostida turizm-forumi o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Forumda Xorvatiya rasmiy doiralari, jamoat tashkilotlari va turizm sanoati vakillari qatnashdi.

Anjumanda so'zga chiqqan yurtimiz vakillari, O'zbekistonning viza rejimini liberallashtirish, infratuzilmani rivojlantirish, sayyohlar va investorlarni jalb qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ularning samarali natijalari haqida ma'lumot berdilar.

Xorvatiya Milliy turizm kengashi maslahatchisi Olivera Sharich mamlakatlarimiz o'rtasidagi hamkorlik va madaniy almashinuvning muhimligini ta'kidladi.

Ishtirokchilarga e'tiboriga O'zbekistonning turistik salohiyati, tarixiy-madaniy merosi va mehmondo'stlik an'analari haqidagi videoroliklar namoyish etildi.

Forum doirasida bo'lib o'tgan o'zbek taomlari namoyishi va ijro etilgan milliy kuy-qo'shiqlar yig'ilganlarga katta qiziqish uyg'otdi.

Mazkur forum O'zbekistonning turizm salohiyatini targ'ib qilish, madaniy almashinuvni mustahkamlash va iqtisodiyot sohalarida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qilib, yurtimizning jozibali sayyohlik manzili va ishonchli hamkor sifatidagi maqomini yana bir bora tasdiqladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish