Varshavaning tarixiy maydonida o'zbek milliy kuy va qo'shiqlari yangradi
Oktabr 15, 2025. 20:22 • 47 soniya
• 29
TOSHKENT, 15-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Polshada o'tkazilgan "TT Warsaw 2025" xalqaro turizm yarmarkasi doirasida Varshava shahrining YUNESKO Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan Eski shahri maydonida o'zbek san'atkorlar ishtirokida yorqin madaniy tadbir bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Turizm qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, tarixiy maskanga tashrif buyurgan mahalliy aholi va Varshava mehmonlari o'zbekona jo'shqin raqs va kuy-qo'shiqlar ijrosiga guvoh bo'ldilar. Ushbu chiqishlar darhol tomoshabinlar e'tiborini tortib, bayramona kayfiyat yaratdi.
Tadbir Turizm qo'mitasi va mamlakatimizning Polshadagi diplomatik vakolatxonasi tashabbusi bilan O'zbekistonning sayyohlik salohiyatini ommalashtirish hamda uning boy madaniy merosiga e'tiborni jalb etish maqsadida o'tkazildi.
Raqs va musiqa orqali mehmonlar O'zbekiston ruhini his etish va milliy an'analar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Bu, ayniqsa, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish va Yevropa davlatlaridan sayyohlarni jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu rang-barang taqdimot O'zbekistonni dunyo sayyohlik xaritasidagi istiqbolli yo'nalish sifatida keng ko'lamli tanishtirish doirasida amalga oshirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi
Goada O‘zbekiston turistik salohiyati va milliy modasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi