O'zbekiston va Vengriya muzeylari o'rtasida hamkorlik yo'lga qo'yiladi
Mart 29, 2024. 13:14 • 52 soniya
• 180
BUDAPESHT, 29-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Budapesht shahridagi Vengriya etnografiya muzeyi bosh direktori Layosh Kemechei bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Vengriya etnografiya muzeyi Yevropadagi eng yirik muzeylar qatorida qayd etiladi. Muzey fondi o'z sohasi bo'yicha Yevropaning yetakchi tadqiqot va ta'lim muassasalaridan biridir. Etnografiya muzeyi kolleksiyasida 250 mingga yaqin eksponatlar mavjud. Mazkur madaniy muassasada ibtidoiy jamiyatlardan tortib to sivilizatsiyalashgan jamiyatlargacha bo'lgan dunyoning barcha mintaqalaridan olimlar va shaxsiy kolleksionerlar tomonidan to'plangan xalq amaliy san'ati va madaniyatining ulkan to'plami mavjud.
Muzokaralar chog'ida muzey direktori O'zbekistonning qadimiy tarixining ashaddiy muxlisi ekanini ta'kidladi.
O'zbekistonda mamlakatimizning barcha hududlaridagi muzeylar ko'rgazmalarini yangilash, qayta ko'rgazmaga qo'yish, muzey ashyolari va kolleksiyalarining elektron katalogini yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlar haqidagi ma'lumotlar Vengriya tomoniga katta qiziqish uyg'otdi.
Layosh Kemechei Vengriya etnografiya muzeyi va O'zbekiston muzeylari o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yishga qiziqish bildirdi.
Tomonlar ikki davlat o'rtasidagi tarixiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan muntazam muloqotni davom ettirish va qo'shma tadbirlar o'tkazishga kelishib oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi