O'zbekiston va Serbiya raqamli mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqarish istiqbollarini muhokama qilyapti
Iyul 17, 2025. 07:11 • 31 soniya
• 591
BELGRAD, 17-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi (qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan) Oybek Shaxavdinov Serbiya axborot va telekommunikatsiyalar vaziri Boris Bratina bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muzokaralar chog'ida Serbiya tomoni O'zbekistonning Raqamli texnologiyalar vazirligi va boshqa tegishli tuzilmalari bilan uzoq muddatli hamda o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yishdan manfaatdorligini bildirdi.
Muloqot chog'ida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan, raqamli mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqish va keyinchalik uchinchi davlatlar bozorlariga chiqish bo'yicha hamkorlikka alohida e'tibor qaratildi.
Tomonlar o'zaro hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirgan holda, o'zaro muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi