O'zbekistonning Latviya, Litva, Finlyandiya va Estoniyadagi elchisi o'z missiyasini yakunladi
Fevral 29, 2024. 12:27 • 35 soniya
• 2437
RIGA, 29-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Qadambay Sultonov kecha diplomatik missiyasini yakunlab, Toshkentga keldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Elchi O'zbekistonga qaytishdan avval Latviya Tashqi ishlar vazirligi protokoli rahbari Raymonds Yansons, Litva Tashqi ishlar vazirligi departamenti direktori Darius Latkausuas va Estoniya TIV bosh kotibi Yonatan Vseviov bilan so'nggi uchrashuvlarini o'tkazdi.
Muloqotlar chog'ida elchining ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash borasidagi samarali faoliyati yuqori baholandi.
Eslatib o'tamiz, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 47 yoshli bitiruvchisi Qadambay Sultonov O'zbekistonning Latviyadagi diplomatik missiyasi rahbari (2019–2024) hamda mamlakatimizning Litva (2021–2024), Estoniya (2020–2024) va Finlyandiyadagi (2020-2024) o'rindoshlik asosidagi elchisi (qarorgohi Riga shahrida) sifatida akkreditatsiyadan o'tgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi