Logo

O'zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Ispaniya TIVga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi

Dekabr 22, 2023. 16:34 • 40 soniya

2499
O'zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Ispaniya TIVga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi

MADRID, 22-dekabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning yangi elchisi Farrux Tursunov bugun Ispaniya Tashqi ishlar vazirligining Protokol departamenti bosh direktori Mariya Sebastyan de Erisga o'zining ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bo'lib o'tgan suhbat chog'ida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Mamlakatlarimiz o'rtasida mavjud ulkan salohiyatdan to'liq foydalanish va unga amaliy tus berish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi ta'kidlandi.

Uchrashuv yakunida o'zaro muloqotlarni muntazam ravishda davom ettirish to'g'risida kelishib olindi.

Eslatib o'tamiz, elchi 7-dekabr kuni Toshkentdan Madridga yetib bordi. Diplomat 50 yoshda. TIV tizimida 1994-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. O'zbekistonning Qozog'istondagi (2008-2012-yillarda) va Yaponiyadagi (2012-2017-yillarda) elchixonalariga rahbarlik qilgan. 2018-yildan buyon u TIVning Strategik tahlil va prognozlash bosh boshqarmasi, shuningdek, Yig'ma axborot-tahlil departamentini boshqarib kelayotgan edi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish