Logo

O'zbekiston elchisi Belgiyaliklar qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

Fevral 08, 2024. 17:08 • 34 soniya

1384
O'zbekiston elchisi Belgiyaliklar qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

BRYUSSEL, 8-fevral. /"Dunyo" AA/. Kecha O'zbekiston elchisi G'ayrat Fozilovning Belgiyaliklar qiroli Filippga ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir doirasida bo'lib o'tgan suhbat chog'ida Qirol Filipp O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga chuqur hurmat va iliq tilaklarni izhor qildi.

Ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Belgiya va O'zbekiston o'rtasidagi o'zaro hamkorlikning bugungi dinamikasi yuqori baholandi. Keng yo'nalishlarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun mavjud salohiyatdan samarali foydalanish zarurligi ta'kidlandi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonning yangi elchisi G'ayrat Fazilov 2023-yilning 5-dekabr kuni Bryusselga tashrif buyurgan edi. Belgiyaga tayinlanishidan oldin u tashqi ishlar vaziri o'rinbosari lavozimida ishlagan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish