O'zbekiston va Daniya ikki tomonlama hamkorligi yangi pog'onaga ko'tariladi
Avgust 23, 2025. 12:53 • 52 soniya
• 139
KOPENGAGEN, 23-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi (qarorgohi Stokgolmda joylashgan) diplomatlari Daniya Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori Karen Abraxamsen bilan muzokara o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvda, shuningdek, Daniya Tashqi ishlar vazirligi guruh rahbari Tyerri Xoppe, Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikka mas'ul boshqarma bo'lim boshlig'i Marius Klansyo va Xalqaro hamkorlik strategiyasi boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.
Muloqot davomida ikki davlat o'rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlik hamda ta'lim, turizm, sog'liqni saqlash va qishloq xo'jaligi sohalarida o'zaro aloqalarni yanada faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar so'nggi yillarda savdo aylanmasida muntazam o'sish dinamika ega ekanini hamda ushbu tendensiyani institutsional muloqot mexanizmlari orqali qo'llab-quvvatlash muhimligini ta'kidladilar.
Shu yil oktyabrdan boshlab "Centrum Air" aviakompaniyasi tomonidan Toshkent – Kopengagen – Toshkent yo'nalishi bo'ylab to'g'ridan to'g'ri aviaqatnovlarning yo'lga qo'yilayotgani O'zbekiston va Daniya o'rtasida aloqalar, xususan, iqtisodiy hamkorlik va sayyohlar oqimining yana-da oshishiga muhim turtki bo'lishi alohida e'tirof etildi.
Eslatib o'tamiz, Daniyaning O'zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Yesper Var o'z faoliyatini shu yilning 1-avgustida boshladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi