Logo

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Istanbulda Bangladesh tashqi ishlar maslahatchisi bilan uchrashdi

Iyun 22, 2025. 02:55 • 32 soniya

325
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Istanbulda Bangladesh tashqi ishlar maslahatchisi bilan uchrashdi

TOSHKENT, 21-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Istanbul shahrida bo'lib o'tgan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasida ishtiroki doirasida Bangladesh tashqi ishlar maslahatchisi Touhid Husayn bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Bangladesh tashqi ishlar maslahatchisi Touhid Husayn janoblari bilan uchrashishdan mamnun bo'ldik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining  telegram-kanalida, – Suhbatimiz davomida O'zbekiston va Bangladesh o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada chuqurlashtirish, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo, sarmoya va madaniy sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildik.

Bangladesh bilan mintaqaviy hamda ko'p tomonlama platformalarda hamkorlikni yanada kengaytirish uchun katta salohiyat mavjud deb hisoblaymiz".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish