Logo

O'zbekiston va Germaniya TIV rahbarlari telefon orqali muloqot chog'ida hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini ta'kidladilar

Sentabr 18, 2025. 16:03 • 35 soniya

381
O'zbekiston va Germaniya TIV rahbarlari telefon orqali muloqot chog'ida hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini ta'kidladilar

TOSHKENT, 18-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Germaniya tashqi ishlar vaziri Yohann Vadeful bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri. 

"Germaniya tashqi ishlar vaziri Yohann Vadeful janoblari bilan telefon orqali muloqot qildik, –deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Suhbatimiz chog'ida jadal va barqaror yuksalib borayotgan O'zbekiston - Germaniya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildik.

Shuningdek, bo'lajak ikki va ko'p tomonlama tadbirlar rejasini ko'rib chiqdik hamda siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar yo'nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirishdan umumiy manfaatdor ekanimizni ta'kidladik. O'zbekiston Germaniya bilan konstruktiv sheriklikni chuqurlashtirish tarafdori".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish