Logo

O'zbekiston va Suriya TIV rahbarlari mintaqaviy totuvlik va barqaror rivojlanishni ta'minlash yo'lida konstruktiv muloqotni davom ettirish muhimligini ta'kidladilar

Iyun 22, 2025. 02:36 • 36 soniya

285
O'zbekiston va Suriya TIV rahbarlari mintaqaviy totuvlik va barqaror rivojlanishni ta'minlash yo'lida konstruktiv muloqotni davom ettirish muhimligini ta'kidladilar

TOSHKENT, 21-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Istanbul shahrida bo'lib o'tgan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasida ishtiroki doirasida Suriya tashqi ishlar vaziri Asaad Hassan Al-Shaibani bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 "Suriya tashqi ishlar vaziri Asaad Hassan Al-Shaibani janoblari bilan ochiq va samimiy muloqot o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Mintaqaviy totuvlik va barqaror rivojlanishni ta'minlash yo'lida ochiq va konstruktiv muloqotni davom ettirish muhimligini ta'kidladik. O'zbekiston Suriyada tinch hayotni tiklashga qaratilgan sa'y-harakatlarda ishtirok etishni va ko'mak ko'rsatishni davom ettirishga tayyorligini yana bir bor tasdiqladik".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish