Logo

O'zbekiston delegatsiyasi "Markaziy Osiyo – Ko'rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" formatidagi tashqi ishlar vazirlarining uchinchida uchrashuvi ishtirok etmoqda

Aprel 16, 2025. 15:59 • 31 soniya

124
O'zbekiston delegatsiyasi "Markaziy Osiyo – Ko'rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" formatidagi tashqi ishlar vazirlarining uchinchida uchrashuvi ishtirok etmoqda

AL-KUVAYT, 16-aprel. /"Dunyo" AA/. Bugun Kuvayt poytaxtida "Markaziy Osiyo – Ko'rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" formatidagi tashqi ishlar vazirlarining uchinchi uchrashuvi o'z ishini boshladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiya ishtirok etmoqda.

Uchrashuvda TIV rahbarlari mintaqalararo hamkorlik holati va istiqbollarini, shuningdek, bo'lajak oliy darajadagi Samarqand sammitiga tayyorgarlikning borishini muhokama qiladilar.

Eslatib o'tamiz, 2024-yil 15-aprel kuni Toshkentda "Markaziy Osiyo – Ko'rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi yig'ilishi bo'lib o'tgan edi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish