Logo

Yaponiya tashqi ishlar vazirining O'zbekistonga ikki kunlik tashrifi Samarqanddan boshlandi

Avgust 27, 2025. 14:20 • 34 soniya

354
Yaponiya tashqi ishlar vazirining O'zbekistonga ikki kunlik tashrifi Samarqanddan boshlandi

TOSHKENT, 27-avgust. /"Dunyo" AA/. Yaponiya tashqi ishlar vaziri Ivaya Takeshining O'zbekistonga ikki kunlik tashrifi kecha Samarqandning iqtisodiy va madaniy merosi   bilan tanishishdan boshlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan kelgan Yaponiya tashqi ishlar vaziri Ivaya Takeshi janoblarini kutib oldik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida.– Hamkasbim yaqinda Samarqandga amalga oshirgan safarida nafaqat ko'p asrlik madaniy meros, balki uning dinamik iqtisodiy salohiyati, kelajakdagi hamkorlik istiqbollari, shuningdek yapon kompaniyalari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan ham tanishdi.

Ishonchimiz komilki, mamlakatlarimiz o'rtasidagi hududlararo hamkorlik, ayniqsa ishbilarmon doiralar o'rtasida aloqalarni mustahkamlashda katta salohiyatga ega".

"Dunyo" AA olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish