Logo

O'zbekiston TIV rahbari va AQSh davlat departamenti delegatsiyasi ikki mamlakat o'rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga qat'iy sodiq ekanliklarini tasdiqladilar

Oktabr 27, 2025. 15:51 • 52 soniya

212
O'zbekiston TIV rahbari va AQSh davlat departamenti delegatsiyasi ikki mamlakat o'rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga qat'iy sodiq ekanliklarini tasdiqladilar

TOSHKENT, 27-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili Serjio Gor va davlat kotibining birinchi o'rinbosari Kristofer Landauni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili Serjio Gor janoblari va Davlat kotibining birinchi o'rinbosari Kristofer Landau janoblari bilan juda samimiy, keng qamrovli va sermahsul uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Muzokaralarimiz davomida AQSh-O'zbekiston ikki tomonlama munosabatlardagi mislsiz sur'atni — savdo va investitsiyalardan tortib ta'lim hamda innovatsiyalargacha bo'lgan barcha sohalardagi yuksalishni – alohida ta'kidladik.

Uchrashuvda O'zbekiston va AQSh Prezidentlari o'rtasida erishilgan barcha kelishuvlarning o'z vaqtida va to'liq amalga oshirilishini, shuningdek, yaqinlashib kelayotgan muloqotlar kun tartibidagi istiqbolli masalalarni batafsil muhokama qildik.

Ikkala mamlakat o'rtasidagi Kengaytirilgan strategik sheriklikni yanada rivojlantirish maqsadida barcha mavjud resurslarni safarbar etishga kelishib oldik".

"Dunyo" AA olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish