O'zbekiston tashqi ishlar vaziri mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Tojikiston elchisini qabul qildi
Noyabr 24, 2025. 13:09 • 49 soniya
• 158
TOSHKENT, 24-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Tojikistonning mamlakatimizdagi elchisi Abdujabbor Rahmonzoda bilan uchrashuv o'tkazdi, xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Mamlakatimizdagi diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Tojikistonning O'zbekistondagi elchisi Abdujabbor Rahmonzoda janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Xalqlarimiz o'rtasidagi do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va ittifoqchilik munosabatlari barcha jabhalarda misli ko'rilmagan sur'atlar bilan mustahkamlanib bormoqda.
Janob elchining kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi