Logo

O'zbekiston TIV rahbari Sloveniyaning yangi tayinlangan elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi

May 12, 2025. 18:12 • 43 soniya

744
O'zbekiston TIV rahbari Sloveniyaning yangi tayinlangan elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi

TOSHKENT, 12-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Sloveniyaning mamlakatimizdagi yangi elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Moskva shahrida joylashgan) Alenka Suhadolnikni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Sloveniyaning O'zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Alenka Suhadolnik xonimlaridan ishonch yorliqlarini qabul qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Uning ushbu lavozimga tayinlanishi mamlakatlarimiz o'rtasidagi ko'p qirrali ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish yo'lida xizmat qilishiga ishonamiz.

Hech shubhasiz, hamkorligimizni yanada oshirish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Ikki tomonlama munosabatlarning 2025-yilgi kun tartibi boy va juda istiqbolli. Turli sohalarda aloqalarimizni mustahkamlash bizning ustuvor vazifamizdir.

O'zbekistonga xush kelibsiz, Elchi xonim"!

Alenka Suhadolnik 2024-2025-yillarda Sloveniyaning Toshkentdagi diplomatik missiyasini boshqargan Darya Bavdaj Kuret o'rniga tayinlandi. 

O'zbekiston va Sloveniya o'rtasidagi diplomatik munosabatlar 1995-yil 16-yanvarda o'rnatilgan.

"Dunyo" AA olgan

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish