Logo

O'zbekiston TIV rahbari Turkiy investitsiya fondi prezidenti bilan uchrashdi

Iyun 12, 2025. 20:54 • 28 soniya

567
O'zbekiston TIV rahbari Turkiy investitsiya fondi prezidenti bilan uchrashdi

TOSHKENT, 12-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Turkiy investitsiya fondi prezidenti Bag'dod Amreyev bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Bugun Tashqi ishlar vazirligida Turkiy investitsiya fondi prezidenti Bag'dod Amreyev janoblarini qabul qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Turk dunyosidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va Jamg'armaning O'zbekistondagi ishtirokini kengaytirish masalalarini muhokama qildik. Jamg'armaning yashil energiya, infratuzilma, innovatsiyalar va boshqa sohalardagi loyihalarni qo'llab-quvvatlashga sodiqligini olqishlaymiz".

"Dunyo" AA olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish