Logo

O'zbekiston va Kuba TIV rahbarlari ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida muntazam siyosiy maslahatlashuvlar o'tkazishga kelishib oldilar

Sentabr 26, 2025. 10:43 • 31 soniya

237
O'zbekiston va Kuba TIV rahbarlari ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida muntazam siyosiy maslahatlashuvlar o'tkazishga kelishib oldilar

TOSHKENT, 26-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Kuba tashqi ishlar vaziri Bruno Rodriges Parrilya bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Kuba tashqi ishlar vaziri Bruno Rodriges Parrilya janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash va ko'p tomonlama hamkorlikni kengaytirish yo'llarini muhokama qildik.


Shuningdek, siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda muloqot va hamkorlikni rivojlantirish maqsadida vazirliklarimiz o'rtasida muntazam siyosiy maslahatlashuvlarni yo'lga qo'yuvchi Idoralararo hamkorlik to'g'risidagi protokolni imzoladik".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish