Logo

O'zbekiston va Ozarbayjon TIV rahbarlari telefon orqali muloqot chog'ida ikki tomonlama munosabatlar masalalarini va Isroil-Eron mojarosining keskinlashuvi oqibatida yuzaga kelgan mintaqaviy vaziyatni muhokama qildilar

Iyun 16, 2025. 16:23 • 43 soniya

554
O'zbekiston va Ozarbayjon TIV rahbarlari telefon orqali muloqot chog'ida ikki tomonlama munosabatlar masalalarini va Isroil-Eron mojarosining keskinlashuvi oqibatida yuzaga kelgan mintaqaviy vaziyatni muhokama qildilar

TOSHKENT, 16-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov janoblari bilan telefon orqali muloqot qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston – Ozarbayjon o'rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarimizning barcha jabhalarda izchil rivojlanayotganiga e'tibor qaratdik. O'zbekiston–Ozarbayjon kun tartibi oliy va yuqori darajadagi almashinuvlar, ikki va ko'p tomonlama tadbirlar, jumladan, IHT vazirlar yig'ilishi kabi tadbirlar bilan boy.

Shuningdek, Isroil–Eron mojarosining keskinlashuvi oqibatida yuzaga kelgan mintaqaviy vaziyat haqida fikr almashib, tinchlik va barqarorlikni saqlash muhimligini ta'kidladik".

"Dunyo" AA arxividan olingan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish