Logo

O'zbekiston va Italiya TIV rahbarlari telefon orqali muloqotda ikki mamlakat yetakchilari o'rtasida erishilgan barcha kelishuvlarni o'z vaqtida amalga oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratdilar

Iyun 30, 2025. 19:52 • 39 soniya

546
O'zbekiston va Italiya TIV rahbarlari telefon orqali muloqotda ikki mamlakat yetakchilari o'rtasida erishilgan barcha kelishuvlarni o'z vaqtida amalga oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratdilar

TOSHKENT, 30-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Italiya Bosh vazirining o'rinbosari va tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Italiya Bosh vaziri o'rinbosari va tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani janoblari bilan ochiq va samarali telefon muloqotimiz bo'lib o'tdi, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Suhbat chog'ida O'zbekiston–Italiya o'rtasidagi strategik sheriklikning barcha yo'nalishlari, shuningdek, dolzarb mintaqaviy va global masalalarni muhokama qildik. Davlat Rahbarlari o'rtasida erishilgan barcha kelishuvlarni o'z vaqtida amalga oshirish masalasiga alohida e'tibor qaratdik. 2025 yil uchun kun tartibimiz turli darajadagi tadbirlarga boy".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish