O'zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari Tyanjinda ko'p tomonlama hamkorlik orqali umumiy maqsadlarga erishish yo'llarini muhokama qildilar
Iyul 16, 2025. 12:30 • 44 soniya
• 525
TOSHKENT, 16-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Tyanjin shahrida Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo'mitasi Siyosiy byurosi a'zosi, tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qo'mitasi Siyosiy byurosi a'zosi, tashqi ishlar vaziri Van I janoblari bilan uchrashishdan doimo mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Uchrashuvimiz davomida o'zaro manfaatli iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, mintaqaviy bog'liqlikni kuchaytirish, barqarorlikni ta'minlash va ko'p tomonlama hamkorlik orqali umumiy maqsadlarimizga erishish yo'llarini muhokama qildik.
O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga yo'naltirilgan harakatlarimiz xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qiladi".
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov 15-iyul kuni Tyanjin shahrida bo'lib o'tgan ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig'ilishida ishtirok etdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi