Logo

O'zbekiston va Rossiya TIV rahbarlari Samarqandda o'tkazilgan muzokaralar chog'ida oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosiga alohida e'tibor qaratdilar

Aprel 23, 2025. 19:41 • 55 soniya

1653
O'zbekiston va Rossiya TIV rahbarlari Samarqandda o'tkazilgan muzokaralar chog'ida oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosiga alohida e'tibor qaratdilar

TOSHKENT, 23-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o'rtasida bugun Samarqand shahrida ikki tomonlama muzokaralar bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Bugun Samarqand shahrida Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri, hamkasbim Sergey Lavrov janoblari bilan samarali uchrashuv o'tkazib, ko'p qirrali hamkorligimizning keng doirasidagi masalalarni muhokama qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Uchrashuvda Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosiga alohida e'tibor qaratildi.


Ikki Davlat Rahbarlari tomonidan Ittifoqchilik munosabatlari va strategik sheriklikni mustahkamlash, siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, madaniy va gumanitar bog'liqliklarni chuqurlashtirish hamda ko'p tomonlama tuzilmalar doirasida yaqin hamkorlikni davom ettirish bo'yicha berilgan topshiriqlarni amalga oshirishda tashqi siyosat idoralari o'rtasida yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldik.


Bundan tashqari, ta'lim, innovatsiyalar, infratuzilma, mintaqaviy xavfsizlik va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishga alohida urg'u berib o'tdik. O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi o'zaro investitsiyalarni rag'batlantirish va biznes aloqalarni faollashtirish yo'llarini muhokama qildik".

"Dunyo" AA olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish