O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi bilan uchrashdi
May 04, 2026. 10:55 • 2 daq
• 526
TOSHKENT, 4-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Jasim Muhammad Al-Budayviy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”AA muxbiri.
“Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi Bosh kotibi Jasim Muhammad Al-Budayviy janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekistonning Kengash bilan hamkorlikni yana-da mustahkamlashga bo‘lgan qatʼiy saʼy-harakatlarini tasdiqladik. Turli yo‘nalishlarda rivojlanib borayotgan hamkorligimizning ijobiy surʼatlarini mamnuniyat bilan qayd etdik.
Shuningdek, bo‘lajak qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik hamda iqtisodiy, investitsiyaviy va o‘zaro bog‘liqlik sohalarida amaliy tashabbuslarni ilgari surish masalalarini muhokama qildik.
Hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish va amaliy o‘zaro aloqalarni kengaytirishga tayyor ekanimizni bildirdik”.
“Dunyo”AAolgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi