O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Nyu-Yorkda Ukraina tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
Sentabr 26, 2025. 11:43 • 33 soniya
• 249
TOSHKENT, 26-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Ukraina tashqi ishlar vaziri Andriy Sibiga bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Ukraina tashqi ishlar vaziri Andriy Sibiga janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Suhbatimiz davomida savdo, investitsiya, ta'lim va madaniy hamkorlik kabi ikki tomonlama munosabatlarimizdagi dolzarb masalalarni, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi ko'p tomonlama aloqalarning asosiy yo'nalishlarini muhokama qildik.
Uchrashuvimiz O'zbekiston va Ukraina o'rtasidagi muloqotni yana-da chuqurlashtirish, sheriklikni mustahkamlash hamda xalqlarimiz manfaatlari yo'lida yangi imkoniyatlarni ochish borasidagi qat'iy intilishimizni tasdiqladi".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi