O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Nyu-Yorkda Qozog'iston Bosh vaziri o'rinbosari – tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
Sentabr 26, 2025. 11:02 • 36 soniya
• 245
TOSHKENT, 26-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Qozog'iston Bosh vaziri o'rinbosari – tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Qozog'iston Bosh vaziri o'rinbosari - tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu janoblari bilan uchrashishdan doim mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Strategik sheriklik va ittifoqchilik aloqalarimizni yanada mustahkamlash, savdo, investitsiya, energetika va madaniy almashinuv sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari bo'yicha samarali suhbat o'tkazdik. Bo'lajak ikki tomonlama tadbirlarimizning kun tartibi sermazmun va istiqbolli.
Uchrashuvimiz O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi mustahkam do'stlik va uzoq muddatli hamkorlikni yana bir bor tasdiqladi".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi