Logo

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Tbilisida Gruziya ta'lim, fan va yoshlar vaziri bilan uchrashdi

Iyul 09, 2025. 23:08 • 38 soniya

789
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Tbilisida Gruziya ta'lim, fan va yoshlar vaziri bilan uchrashdi

TOSHKENT, 10-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Tbilisida Gruziya ta'lim, fan va yoshlar vaziri Givi Mikanadze bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Gruziya ta'lim, fan va yoshlar vaziri Givi Mikanadze janoblari bilan mazmunli uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Suhbatimiz davomida ta'lim sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish, yoshlar bilan ishlash, akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish va ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo'yicha fikr almashdik.

Shuningdek, universitetlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari o'rtasida institutsional hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlarini ko'rib chiqdik.

Yoshlar va ta'lim – O'zbekiston va Gruziya o'rtasidagi kelajakka yo'naltirilgan, innovatsion va inson salohiyatini oshirishga qaratilgan munosabatlarning asosiy ustunlaridan biridir".

"Dunyo" AA olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish