Logo

O'zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot chog'ida bo'lajak ko'p tomonlama tadbirlarga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildilar

Avgust 27, 2025. 20:39 • 37 soniya

417
O'zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot chog'ida bo'lajak ko'p tomonlama tadbirlarga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 27-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov janoblari bilan telefon orqali muloqot qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Suhbatimiz davomida O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati hamda kelajakdagi istiqbollari, shuningdek, bo'lib o'tadigan ko'p tomonlama tadbirlarga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildik.

Savdo, investitsiya, madaniy va gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar doirasida hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga alohida e'tibor qaratdik".

"Dunyo" AA arxividan olingan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish