Ukraina elchisi O'zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
Avgust 11, 2025. 13:04 • 38 soniya
• 445
TOSHKENT, 11-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Ukraina elchisi Mikola Doroshenkoni qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Mamlakatimizda o'z faoliyatini yakunlayotgan Ukrainaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Mikola Doroshenko janoblarini bugun TIVda qabul qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. –Ikki va ko'p tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar bo'yicha batafsil fikr almashdik. O'zbekiston-Ukraina o'rtasidagi savdo hajmidagi kuchli ijobiy dinamikani mamnuniyat bilan qayd etdik.
Yillar davomida mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlarni boyitish yo'lidagi sa'y-harakatlari uchun Elchi janoblariga minnatdorlik bildiramiz va yangi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz".
Eslatib o'tamiz, Mikola Doroshenko 2020-yil 16-oktabr kuni O'zbekiston Prezidentiga Ukraina elchisi sifatida ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi