O'zbekiston va Turkmaniston strategik sheriklikni mustahkamlash va yangi o'sish nuqtalarini topishni maqsad qilgan
Iyul 28, 2025. 18:50 • 39 soniya
• 510
TOSHKENT, 28-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o'rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o'rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov janoblari bilan O'zbekiston-Turkmaniston ikki tomonlama kun tartibidagi bir qator masalalarni muhokama qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – O'zbekiston va Turkmaniston o'rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, yangi "o'sish nuqtalari"ni yaratish, bo'lajak mintaqaviy va xalqaro tadbirlar hamda boshqa ko'plab muhim mavzular diqqatimiz markazida bo'ldi.
So'ngi yillarda mamlakatlarimiz o'rtasidagi aloqalar misli ko'rilmagan darajaga ko'tarildi. Xalqlarimiz manfaati yo'lida mavjud imkoniyatlar yanada ko'proq".
"Dunyo" AA arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi