Kobulda O'zbekiston – Afg'oniston – Pokiston Trans-Afg'on temir yo'lining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish bo'yicha uch tomonlama hadli bitim imzolandi
Iyul 17, 2025. 22:13 • 50 soniya
• 638
TOSHKENT, 17-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Kobul shahrida Afg'oniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari bilan birgalikda birinchi uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'zbekiston, Afg'oniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlarining bugungi birinchi uch tomonlama uchrashuvi o'zaro ishonch, yaxshi qo'shnichilik va mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish yo'lidagi tarixiy qadam bo'ldi, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Butun Yevroosiyo uchun strategik ahamiyatga ega bo'lgan O'zbekiston – Afg'oniston – Pokiston Trans-Afg'on temir yo'lining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish bo'yicha uch tomonlama hadli bitimni imzoladik. Mazkur loyiha savdoni kuchaytiradi, Afg'onistonning iqtisodiy tiklanishini qo'llab-quvvatlaydi va janubiy portlar orqali jahon bozorlariga yangi yo'l ochadi.
Savdo aloqalarini mustahkamlash, qishloq xo'jaligi, farmatsevtika, to'qimachilik va qurilish sohalarida hamkorlikni shunindek, Termiz xalqaro savdo markazidan foydalanishni kengaytirish tarafdori ekanini yana bir bor tasdiqladik".
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi