O'zbekiston TIV rahbari: Bugun shiddat bilan o'zgarib borayotgan dunyoda diplomatiya, muloqot va xilma-xillik har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda
Декабрь 11, 2023. 09:55 • 2 дақ
• 351
TOSHKENT, 11-dekabr. /"Dunyo" AA/. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi kecha «Umumiy kelajakni bunyod etish» mavzusidagi Doha forumining ochilish marosimida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

«Buyuk «Umumiy kelajakni bunyod etish» mavzusida bo'lib o'tayotgan Doha forumida ishtirok etishdan mamnunmiz, - deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. - Bugun shiddat bilan o'zgarib borayotgan dunyoda diplomatiya, muloqot va xilma-xillik har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Faqatgina umumiy intilishlar va birgalikdagi sa'y-harakatlar bilan dunyo duch kelayotgan xavf-xatarlarni yengib o'tishimiz hamda mustahkam tinchlik va farovonlikka erishishimiz mumkin».
Telegram каналига обуна бўлинг
Барча янгиликлар ва янгиланишлардан биринчилардан бўлиб хабардор бўлинг!
Сўнгги янгиликлар
Барчаси