O‘zbekiston elchisi Polsha Seymi deputati bilan muloqot o‘tkazdi
Fevral 24, 2026. 09:25 • 2 daq
• 295
VARSHAVA, 24-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polsha Seymi (Quyi palata) Xalqaro aloqalar qo‘mitasi raisi Pavel Koval bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muzokaralar davomida parlamentlararo hamkorlikni hamda savdo-iqtisodiy va transport yo‘nalishlaridagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
O‘z navbatida, suhbatdosh joriy yil yanvar oyida o‘zining O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifini yuqori darajada tashkil etishda ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishida O‘zbekiston va Polshani bog‘laydigan transport koridorlarining to‘laqonli tarzda faoliyat yuritishi muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
Polyak deputatiga har yili davlat rahbari tashabbusi bilan tashkil etiladigan Toshkent xalqaro investitsiya forumi faoliyati, ishtirokchilari va mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad, xususan, uning nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo mintaqasining investitsion salohiyatini oshirishga qo‘shadigan hissasi to‘g‘risida maʼlumot berildi.
O‘z navbatida, suhbatdosh ushbu forumning respublikamizning investitsion salohiyatini oshirish va mintaqadagi integratsiya jarayonlariga ijobiy taʼsirini yuqori baholadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi