Minskda “ Belarus–O‘zbekiston do‘stlik xiyoboni” ochildi
Iyul 09, 2026. 21:00 • 58 soniya
• 72TOSHKENT, 9-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Minsk shahrida “Belarus–O‘zbekiston do‘stlik xiyoboni”ning ochilish marosimida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida Minsk shahridagi Toshkent ko‘chasida joylashgan “Belarus– O‘zbekiston do‘stlik xiyoboni”ning ochilish marosimida ishtirok etdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Hamkasbim, Belarus Respublikasi tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkov bilan birgalikda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi abadiy do‘stlik, o‘zaro hurmat, ishonch va strategik sheriklik munosabatlarining ramzi sifatida daraxt ko‘chatlarini ekdik.
Ushbu Do‘stlik xiyoboni O‘zbekiston va Belarus xalqlarini bog‘lab turgan mustahkam rishtalar, samimiy munosabatlar hamda ko‘p qirrali hamkorlikning yorqin timsoli bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz”.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



