O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Yaponiya kompaniyasi prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
Aprel 25, 2026. 15:55 • 51 soniya
• 525
TOSHKENT, 25-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Yaponiyaning “Aso Shoji” kompaniyasi prezidenti Masaxiro Aso bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Yaponiyaning “Aso Shoji” kompaniyasi prezidenti janob Masaxiro Aso bilan uchrashganimizdan mamnunmiz”, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Suhbat davomida savdo-iqtisodiy sohadagi O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildik.
Ushbu yo‘nalish xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yana-da boyitish va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishga xizmat qiladi.
“Dunyo” AA olgan rasm
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi