Logo

O‘zbekiston TIV rahbari Singapur tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarini qabul qildi

Aprel 29, 2026. 15:55 • 57 soniya

329
O‘zbekiston TIV rahbari Singapur tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarini qabul qildi

TOSHKENT, 29-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Singapur tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kevin Chok boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Singapur Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kevin Chok janoblarini qabul qilishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston-Singapur hamkorligini savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida rivojlantirish uchun ulkan salohiyat mavjudligini qayd etdik.

Bugun ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi natijalarini olqishladik.

Erishilgan barcha kelishuvlar o‘zaro hamkorligimizni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi”.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish