Logo

O‘zbekiston TIV rahbari XXR tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarini qabul qildi

Aprel 20, 2026. 20:10 • 2 daq

73
O‘zbekiston TIV rahbari XXR tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarini qabul qildi

TOSHKENT, 20-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Lyu Binni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Lyu Bin janoblarini qabul qilishdan mamnunmiz” – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Davlatlarimiz rahbarlarining o‘zaro faol va ishonchli muloqoti O‘zbekiston–Xitoy o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining jadal rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bugun ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan siyosiy maslahatlashuvlar hamda O‘zbekiston–Xitoy Hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasi doirasidagi Xavfsizlik bo‘yicha quyi qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishi natijalarini qo‘llab-quvvatlaymiz.

Erishilgan barcha kelishuvlar ikki va ko‘p tomonlama hamkorligimizni yana-da mustahkamlashi shubhasiz”.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish