O‘zbekiston TIV rahbari Singapur tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarini qabul qildi
Aprel 29, 2026. 15:55 • 57 soniya
• 331
TOSHKENT, 29-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Singapur tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kevin Chok boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Singapur Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kevin Chok janoblarini qabul qilishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston-Singapur hamkorligini savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida rivojlantirish uchun ulkan salohiyat mavjudligini qayd etdik.
Bugun ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi natijalarini olqishladik.
Erishilgan barcha kelishuvlar o‘zaro hamkorligimizni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi”.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi