Logo

O‘zbekiston va Iordaniya TIV rahbarlari Turkiyadagi muzokaralar chog‘ida mintaqaviy osoyishtalik va barqaror taraqqiyotga oid mushtarak intilishlarni alohida qayd etdilar

Aprel 18, 2026. 17:10 • 2 daq

145
O‘zbekiston va Iordaniya TIV rahbarlari Turkiyadagi muzokaralar chog‘ida mintaqaviy osoyishtalik va barqaror taraqqiyotga oid mushtarak intilishlarni alohida qayd etdilar

TOSHKENT, 18-aprel. /“Dunyo” AA/. Antaliya diplomatik forumida ishtirok etayotgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Iordaniya Bosh vazir o‘rinbosari, tashqi ishlar va ekspatriatlar masalalari bo‘yicha vaziri Ayman Safadi bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Bugun Antaliya diplomatik forumi doirasida Iordaniya Bosh vazir o‘rinbosari, tashqi ishlar va ekspatriatlar masalalari bo‘yicha vaziri Ayman Safadi janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozgan O‘zbekiston TIV rahbari o‘z telegram-kanalida. – Muloqotimiz O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarimizga yangi sur’at bag‘ishlashga qaratildi. Iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, turizmni rivojlantirish, birodar xalqlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash imkoniyatlarini muhokama qildik, shuningdek, bo‘lajak qo‘shma tadbirlarni ko‘rib chiqdik.

O‘zaro manfaatli tashabbuslarni ilgari surishga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqladik hamda mintaqaviy barqarorlik va taraqqiyotga oid umumiy intilishlarimizni ta’kidladik”.

“Dunyo” AA olgan rasm

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish