Norvegiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Aprel 15, 2026. 13:04 • 2 daq
• 249
TOSHKENT, 15-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Norvegiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Xelen Sand Andresenni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Norvegiyaning O‘zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Xelen Sand Andresen xonimning ishonch yorliqlarini qabul qilishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Biz O‘zbekiston va Norvegiya aloqalarida hali ro‘yobga chiqmagan katta salohiyat ko‘rmoqdamiz.
Elchi xonimga mamlakatimizdagi faoliyati davomida barcha sohalardagi keng imkoniyatlarni ishga solishda muvaffaqiyatlar tilaymiz”.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 15-may kuni O‘zbekiston elchisi Rahmatulla Nurimbetov Norvegiya Qiroli Xarald V ga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi