Cho‘lponotada O‘zbekiston va Eron tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Iyul 24, 2026. 19:30 • 2 daq

72
Cho‘lponotada O‘zbekiston va Eron tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 24-iyul. /“Dunyo” AA/. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Cho‘lponotada Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi janoblari bilan mazmunli uchrashuv o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Yaqin Sharq mintaqasida keskinlik davom etayotganidan jiddiy tashvish bildirib, bunday sharoitda vazminlikni saqlash va muloqotni qayta tiklash har qachongidan ham muhim ekanini alohida taʼkidladik.

O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildik. Savdo-iqtisodiy, transport-logistika va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikning mavjud salohiyatidan samarali foydalanishga alohida eʼtibor qaratdik.

Shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasida yaqin va ishonchli muloqotni davom ettirishga tayyorligimizni tasdiqladik”.

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish